Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan “Horizon Europe” doirasida ilmiy hamkorlikni kengaytirmoqda
16:01 / 2026-02-13

Mamlakatning taraqqiyoti bevosita boshqa davlatlarning unga bo‘lgan ishonchi bilan ham baholanadi. Shu ma’noda, O‘zbekistonga butun dunyoning ishonchi ortib bormoqda. Bu qator nufuzli anjumanlarning yurtimizda o‘tkazilayotgani bilan ham o‘z tasdig‘ini topmoqda. Ayniqsa, ta’limning barcha bosqichlarida xalqaro hamkorliklarning kengayishi tizim rivojiga sezilarli ijobiy ta’sir o‘tkazmoqda.

Toshkent shahrida ana shunday nufuzli anjumanlardan hisoblanmish - “Horizon Europe” dasturiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tmoqda.  

Yevropa Ittifoqi bilan ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan mazkur anjuman “Horizon Europe” bo‘yicha O‘zbekiston milliy aloqa koordinatori tashabbusi bilan Yevropa komissiyasining Global Service Facility tuzilmasi hamda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi ko‘magida tashkil etildi.

Toshkent davlat texnika universitetida o‘tkazilgan tadbirda mamlakatning turli hududlaridan 100 dan ortiq olim va tadqiqotchilar, oliy ta’lim muassasalari vakillari, sanoat sohasi mutaxassislari hamda siyosatchilar ishtirok etdi.

Anjumanning birinchi sessiyasi “Horizon Europe” dasturining 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan ish dasturlariga bag‘ishlanib, moliyalashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, tematik klasterlar va xalqaro hamkorlik mexanizmlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

Ta’kidlash joizki, mazkur dasturda ishtirok etish nafaqat moliyaviy imkoniyatlar, balki Yevropa tadqiqotlar hududiga integratsiyalashuv yo‘lidagi muhim strategik qadam ham hisoblanadi.

Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi vakillari xalqaro hamkorlikning inklyuziv tamoyillarini ta’kidlab, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tadqiqotchilari “Horizon Europe” loyihalarida ishtirok etish va moliyalashtirish imkoniyatiga ega ekanini qayd etdi.

Tadbir doirasida muvaffaqiyatli xalqaro loyihalar tajribasi ham taqdim etilib, unda O‘zbekiston ilmiy muassasalarining xalqaro konsorsiumlarda ishtirok etish faolligi ortib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Sherbek Islomov, O‘zA