Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston yetakchisini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
10:53 / 2023-01-27

Bugun, 27 yanvar kuni Bishkekdagi “Ala-Archa” qarorgohida davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasman kutib olish marosimi bo‘ldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdilar. Birgalikda suratga tushildi.

Ayni daqiqalarda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari o‘tmoqda.