Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston yetakchisi "Kamco Invest" kompaniyasi boshqaruvchi direktori bilan uchrashdi
21:41 / 2025-02-17

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Kamco Invest" kompaniyasi rahbari Abdulloh al-Sharix bilan uchrashdi.

1998 yilda tashkil etilgan "Kamco Invest" moliyaviy kompaniyasi aktivlarni boshqarish, investitsion banking va brokerlik sohasida xizmatlar ko‘rsatadi. BAA, Saudiya Arabistoni, Iordaniya va Buyuk Britaniyada vakolatxonalari mavjud.

"Kamco Invest" rahbariyati bilan xususiy kompaniyalarning korporativ faoliyati samaradorligini oshirish loyihasini amalga oshirish hamda Qo‘shma investitsiya platformasini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.