Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston yashil kelajak sari (+video)
20:28 / 2025-10-23

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi” hamda "Koreya xalqaro hamkorlik agentligi" (KOICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida 7,7 million AQSH dollari qiymatidagi, 2024–2028 yillarga mo‘ljallangan “Toshkent viloyatida smart texnologiyalar asosida o‘rmon va shahar hududlarini ko‘kalamzorlashtirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida “aqlli” texnologiyalar yordamida daraxt ekish, parvarishlash va monitoring tizimlarini joriy etish rejalashtirilgan bo‘lib, bu ekologik boshqaruvda yangi, samarali bosqichni boshlab beradi.

Mazkur tashabbus “Yashil makon” umumxalq loyihasi bilan uzviy bog‘liq. 2024 yilda mamlakat bo‘ylab 226,6 million tup ko‘chat ekildi, 215 ta “yashil bog‘” va “jamoat parki” tashkil etildi. 2030 yilgacha yashil maydonlar ulushini 30 foizga yetkazish maqsadi belgilangan.

Shu munosabat bilan, 2025 yil 23–24 oktyabr kunlari “O‘zbekistonda shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish va barqaror landshaftni rivojlantirish: imkoniyatlar va muammolar" mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida shaharlarda ko‘kalamzorlashtirish, landshaft dizayni, manzarali bog‘dorchilik va ekologik boshqaruv masalalari bo‘yicha xalqaro tajriba almashildi. Mutaxassislar tomonidan dolzarb muammolar, ularni hal etish yo‘llari va “smart” texnologiyalarni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/PfqrGzBDLeI" title="O‘zbekiston yashil kelajak sari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Fardona Yaxshiboyeva, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA