English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Yaponiya: Seysmik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha seminar-trening
11:50 / 2025-10-31

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) mutaxassislari ishtirokida “Tabiiy ofatlar xavfini yumshatish va seysmologiya” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar ishtirokchilari dastlab akademiyaning Axborot-resurs markazi hamda o‘quv jarayonlarini kuzatib, ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan zamonaviy uslub va texnologiyalar, akademiyada olib borilayotgan ilmiy-amaliy faoliyat bilan yaqindan tanishdi.

Tadbirda JICA loyiha boshqaruvi mutaxassisi Yukinori Yanagida hamda Nagoya universiteti Xavfni yumshatish ilmiy-tadqiqot markazi professori Yasuhiro Suzuki o‘z taqdimotlari bilan qatnashdi.

Seminar davomida kursantlarga zilziladan oldin ogohlantirish, zilzila vaqtida xavfsiz harakatlanish hamda zilziladan so‘ng tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish bo‘yicha muhim bilimlar berildi.

Seminar yakunida tomonlar kelgusida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish, seysmik xavfsizlikni ta’minlash, tajriba almashish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA