Joriy yilning 23-31 iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari – Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori Mirzohid Ubaydullayev boshchiligidagi delegatsiya xizmat safari bilan Yaponiyada bo‘ldi.
Bu haqda agentlik axborot xizmati ma’lum qildi.
O‘zbekiston delegatsiyasining ushbu xizmat safaridan ko‘zlangan maqsad ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirishda Yaponiya tajribasini o‘rganish, tanishish hamda mutasaddilar bilan yaqindan muloqot qilib, hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.
Ana shunday tadbirlardan biri – Yaponiyaning Niseko shahar hokimligi mutasaddilari bilan uchrashuvdir. Unda Niseko shahar hokimligida mahallabay ishlash tizimi bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokamasi alohida e’tibor qaratildi.
Do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda tomonlar mahallabay ishlash tizimi borasida o‘zaro tajribalarini o‘rtoqlashdi.
Tadbir yakunida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish hamda mahallabay ishlash tizimi bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zA