Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston — Yaponiya hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda (+video)
14:19 / 2025-12-04

Toshkentda Yaponiya Atrof-muhit vazirligi va "Slean Air Asia" tashkiloti tashabbusi bilan iqlim o‘zgarishi va havo sifati bo‘yicha ikki kunlik xalqaro seminar o‘tkazilmoqda.

Anjuman Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, "New Climate Innovations Center", "Green University" va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ko‘magida tashkil etildi.

Ishtirokchilar shaharlarda havo sifatini yaxshilash, kam uglerodli texnologiya joriy etish va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga doir innovatsion yechimlarni muhokama qilmoqda.  

Markaziy mavzulardan biri — 2013 yildan buyon Yaponiya tomonidan ilgari surilayotgan Qo‘shma kreditlash mexanizmi. Ushbu loyiha O‘zbekistonda bug‘ gazi chiqindisini kamaytirish jarayonini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlamoqda.

Seminardan yangi ekologik loyihalar portfelini shakllantirish, moliyalashtirish imkoniyatini kengaytirish, mahalliy mutaxassislar texnik salohiyatini oshirish kabi maqsadlar ko‘zlangan.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/dxFu5gEiG8w" title="O‘zbekiston — Yaponiya hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo, Oybek Davronov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA