Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston - Yaponiya: Biznes-sheriklikni mustahkamlash yo‘lida
08:55 / 2020-12-16

Mamlakatimiz hukumati delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi chog‘ida Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Yaponiya biznes federatsiyasi (Keydanren) “Yaponiya-MDH” biznes hamkorligi Qo‘mitasi kengashi raisi va “Marubeni Corporation” kompaniyasi raisi Fumiya Kokubu, “Itochu Corporation” kompaniyasi prezidenti va bosh boshqaruvchi direktori Yoshixisa Suzuki hamda “Mitsubishi Corporation” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Takexiko Kakiuchi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Fumiya Kokubu bilan uchrashuv chog‘ida istiqbolli tarmoqlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutgan holda O‘zbekistondagi yapon tadbirkorlarining muvaffaqiyatli faoliyati uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoit yaratish orqali O‘zbekiston va Yaponiya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalasi muhokama qilindi. Tomonlar, xususan, biznes sheriklik istiqbolini muhokama qilish va aniq loyiha, tashabbuslarni kelishib olish maqsadida “Keydanren” Yaponiya biznes federatsiyasi shafeligida yirik yapon kompaniya va korporatsiyalari rahbarlarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish imkoniyatini muhokama qildilar.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda “Marubeni” kompaniyasi bilan hamkorlikda energetika, geologiya va kimyo sanoati sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan bog‘liq amaliy masala ko‘rib chiqildi, kimyo va to‘qimachilik sanoatida yangi loyihalar ishlab chiqish hisobiga kompaniyaning bozordagi ishtirokini kengaytirish imkoniyati muhokama qilindi.

“Mitsubishi” kompaniyasi rahbari bilan bo‘lib o‘tgan muzokara chog‘ida korporatsiyaning O‘zbekistonda energetika va infratuzilmaviy rivojlanish sohalarida keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishdagi muhim roli ta’kidlandi. Mazkur loyihalar afzalligi Yaponiyaning energiya tejaydigan ilg‘or texnologiyalar yuqori iqtisodiy samaradorligidir.

Shu bilan birga, uchrashuvda faol investitsiyaviy sheriklikka o‘tish, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari - muqobil energetika, to‘qimachilik va neft-kimyo sanoatlarini qamrab olish orqali hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyati ko‘rib chiqildi. Shu nuqtai nazardan tomonlar Yaponiyaning yetakchi to‘qimachilik brendlarini O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga jalb etish maqsadida birgalikda ish olib borish istiqbolini muhokama qildilar.

“Itochu” kompaniyasi rahbari bilan bo‘lib o‘tgan muzokara kun tartibi ko‘shma loyihalarni amalga oshirish, xususan, “SamAvto” korxonasi ishlab chiqarish ob’ektlari negizida avtobus va boshqa transport vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda “Di-Maks” avtomobili uchun butlovchi qismlarni mahalliylashtirish tahlilini o‘z ichiga oldi. Shu bilan birga, kompaniya rahbariyati investitsiyalarning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqish orqali hamkorlikni izchil kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Yaponiya biznesi vakillari bilan kechgan muzokara natijasida amalga oshirilayotgan tashabbuslarni jadallashtirish, shuningdek, innovatsiyalar va ilg‘or ilmiy-texnik ishlanmalar joriy etishga qaratilgan yangi istiqbolli loyihalarni tayyorlash va ilgari surish bo‘yicha keyingi qadamlar belgilandi.

O‘zA