O‘zbekiston xorij matbuoti sahifalarida
Bahrayn axborot agentligi – “BNA” O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining Bahrayndagi hamkasbi bilan bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotini yoritdi.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid Al-Zayani bilan muloqotida Bahrayn Podshohligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi yuksak do‘stona munosabatlar, erishilgan taraqqiyot va o‘sish masalalari muhokamasi tilga olingan.
Shuningdek, ushbu munosabatlarni ikki do‘st mamlakat va xalqlar manfaati uchun yanada kengroq ufqlarga olib chiqish yo‘llari ko‘rib chiqilgani ta’kidlangan.
Muallif ikki davlat o‘rtasida barcha sohalarda mustahkamlanib borayotgan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tashqi ishlar vazirliklarining birgalikdagi sa’y-harakatlarini yuqori baholagan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA