Shanxay hamkorlik tashkiloti Yoshlar kengashining XVIII yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Xitoy Xalq Respublikasidagi bir qator yirik innovatsion va iqtisodiy ob’ektlarida bo‘ldi.
Xususan, Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari D.Kattaxonova boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Xitoyning innovatsion markazlari faoliyati bilan tanishdi.


Jumladan, Pekin shahridagi “Xiaomi” zavodida ishlab chiqarish jarayonlari, sun’iy intellekt texnologiyalari va elektromobil yo‘nalishidagi innovatsiyalar bilan tanishdi.
“Xiaomi” nafaqat smartfon, balki avtomobilsozlikdagi texnologik yondashuvlari bilan ahamiyatga ega zavod hisoblanadi.


Erkin savdo porti ko‘rgazmasida esa Xitoyning iqtisodiy islohotlari, xalqaro savdo infratuzilmasi, kosmik sanoatdagi yutuqlari, xususan, “Changzheng” raketalari namoyish etildi.
Mas’ullarning qayd etishicha, bu tashriflar O‘zbekiston delegatsiyasi uchun yoshlar diplomatiyasini rivojlantirish, texnologik hamkorlikni kengaytirish va kelajakda qo‘shma loyihalarni shakllantirish yo‘lida muhim dastur amal bo‘lib xizmat qiladi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA