Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Xitoy: strategik sheriklik va investitsiyaviy hamkorlik izchil rivojlanmoqda
10:48 / 2026-02-09

XXR taqvimiga ko‘ra, Yangi yil bayrami 22 yanvardan boshlanadi. Xitoyda Yangi yilni “bahor bayrami”, deb atashadi. Bu ayyomning tarixi to‘rt ming yildan ortiq.

Poytaxtimizda ushbu bayram munosabati bilan Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tadbir tashkil etildi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va elchixona xodimlari ishtirok etgan yig‘inda Xitoyning yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun nutq so‘zlab, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi. 

Ma’lumki, O‘zbekiston – Xitoy hamkorligi ikki davlatning umumiy manfaatlariga xizmat qilmoqda. Anjumanda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar yuqori bosqichda ekanligi ta’kidlandi. Xalqaro va mintaqaviy vaziyatdagi o‘zgarishlardan qat’i nazar, Xitoy va O‘zbekiston doimo umumiy rivojlanishga intiladigan va bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan ishonchli sheriklar bo‘lib qolmoqda.

Joriy yilda ham ikki o‘lka o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikning barqaror va uzoq muddatli rivojlanishini ilgari surish maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. 

E’tirof etish kerak, Xitoy O‘zbekistonning asosiy savdo hamkori va yetakchi investori sifatidagi o‘rnini yildan yilga mustahkamlab bormoqda. O‘z navbatida, Toshkent Pekinni milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, infratuzilma va sanoat salohiyatini rivojlantirish, shuningdek texnologiyani yangilash kabi yo‘nalishlardagi eng muhim hamkor sifatida biladi.

Olib borilgan sa’y-harakatlar samarasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy, savdo va investitsiya hamkorligi jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda. O‘zaro savdo hajmi ham izchil ortmoqda. Xususan, 2025 yil yanvar-noyabr oylarida o‘zaro tovar aylanmasi 14,6 milliard dollarga yetdi. XXR kompaniyalarining yurtimizdagi loyihalarga qiziqishi tobora ortmoqda. 2017-2024 yillar mobaynida iqtisodiyotimizga jalb etilgan Chin investitsiyasining umumiy qiymati 24,6 milliard dollarni tashkil etdi. 2025 yil oxiriga kelib, Xitoydan kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya qariyb 15 milliard  dollarga yetdi. Qo‘shma loyihalar jami portfeli qariyb 90 milliard dollar yoki iqtisodiyotimizga kiritilgan xorijiy sarmoyaning taxminan uchdan bir qismini tashkil etmoqda. Diyorimizda faoliyat yuritayotgan Xitoy kapitali ishtirokidagi kompaniyalar soni 5044 ta. 

[gallery-27528]

– Bu yil muvaffaqiyat va oldinga siljishni ifodalovchi Ot yili hisoblanadi, - deydi elchi Yuy Szyun. - Xitoyliklar ko‘pincha “Ot keldi, g‘alaba qo‘lga kiritildi” deyishadi. Barchangizga yangi yilda sihat-salomatlik, oilaviy baxt va ulkan yutuqlar tilayman! Joriy yilda ham mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar yanada mustahkamlanib, ikki xalq manfaatlariga xizmat qiladigan ko‘plab sheriklik loyihalari, investitsiyaviy hamkorliklar davom etadi. Bu o‘z navbatida, mamlakatlarimizning iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qiladi. 

Go‘zal Sattorova,

Oybek Pardayev (surat), O‘zA