Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Xitoy: qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi hamkorlik yanada rivojlanadi
11:49 / 2023-10-19

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Davlat energetika boshqarmasi o‘rtasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hukumatlararo bitim imzolandi.

Ushbu bitim qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.  

Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, bitim doirasida “yashil rivojlanish”ga o‘tishni tezlashtirish, elektr uzatish tarmoqlari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun butlovchi qismlarni qurish va modernizatsiya qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida ilmiy-texnik bazani rivojlantirish va qo‘shma tadqiqotlar olib borish ko‘zda tutilgan.  

Shuningdek, qayta tiklanuvchi energetikani hamda quyosh va shamol energetikasini keng miqyosda rivojlantirish, ishtirokchi davlatlar aholisi farovonligini yanada oshirish maqsadida energiya tejovchi texnologiyalar va tizimlarni keng joriy etish kabi vazifalar ham hamkorlikda bajariladi.  

Eslatib o‘tamiz, tomonlar bitimni Pekin shahrida o‘tkazilgan  “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi doirasida imzoladi.  

 

N.Ziyodullayeva,  

O‘zA