O‘zbekiston – Xitoy mintaqaviy forumi
Samarqandda ikkinchi O‘zbekiston – Xitoy hududlararo forumi o‘z ishini boshladi.
Unda ikki tomon hukumat a’zolari, vazirlar, hududlar rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etmoqda.
[gallery-23710]
Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, Xitoy Xalq Siyosiy maslahat Kengashining 14-chaqiriq yig‘ilishi raisining o‘rinbosari, SHHTning qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik bo‘yicha Xitoy qo‘mitasi raisi Shen Yueyue xonim so‘zga chiqib, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari