Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Xitoy: ko‘p qirrali hamkorlik mustahkamlanmoqda
13:50 / 2025-04-11

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov Xitoy Xalq Respublikasi Milliy audit idorasi raisi Xou Kai boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Muloqotda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik strategik darajaga ko‘tarilgani, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik yuqori bosqichga chiqqani alohida qayd etildi.   

Prezident Shavkat Mirziyoyev hamda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning siyosiy irodasi natijasida ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalar an’anaviy do‘stlik va hurmat ruhida rivojlanib, hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida ulkan yutuqlarga erishilayotgani ta’kidlandi.   

Xou Kai iliq va do‘stona munosabat uchun minnatdorlik bildirib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan pragmatik tashqi siyosatni, ayniqsa, qo‘shnilar bilan munosabatni yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlar natijalarini yuqori baholadi. O‘zbekiston Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasini yuksak saviyada, muvaffaqiyatli o‘tkazgani, bu nafaqat mamlakat uchun, balki uning xalqaro hamkorlikdagi faoliyatida ham muhim qadam bo‘lganini qayd etdi.   

– Ikki davlatning audit tizimlari o‘rtasida ma’lum o‘xshashliklar bor ekan. Bu esa bizga hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, o‘zaro fikr, tajriba almashish va birgalikda audit tizimini takomillashtirish bo‘yicha yangi imkoniyatlar ochadi. Kelgusida bu yo‘nalishda qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro maslahatlashuv va malaka oshirish tizimini mustahkamlash niyatidamiz, – dedi Xou Kai.   

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.   

M.Komilova, O‘zA