English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Xitoy: Istiqbolli loyihalar o‘z samarasini beradi
18:00 / 2023-10-09

Choravachilik sohasiga Xitoy investitsiyasi jalb qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi yurtimiz delegatsiyasining Xitoy Xalq respublikasiga tashrifi chog‘idagi muzokaralarda ma’lum qilindi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov va Xitoyning Hualing Group kompaniyasi bosh direktori Mi En Xua o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida mamlakatimizda hamkorlikdagi chorvachilik kompleksini tashkil etish loyihasi muhokama qilindi.

Muloqot yakunida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda Hualingcattleindustrygroupco.ltd kompaniyasi o‘rtasida chorvachilik sohasida investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Tomonlar loyihani amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ma’qulladi.

Ikrom Avvalboyev, O‘zA