Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Xitoy hamkorligi: mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilmoqda
00:18 / 2025-09-12

Bugun Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) tashabbusi bilan Shanxay Xalqaro tadqiqot instituti (SHXTI) ko‘magida “O‘zbekiston – Xitoy hamkorligi: “Markaziy Osiyo – Xitoy Xalq Respublikasi” va Shanxay hamkorlik tashkiloti formatlaridagi imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati o‘tkaziladi.

Uchrashuvda ikki mamlakat diplomatik korpus vakillari, shuningdek yetakchi tahliliy markazlari, oliy ta’lim muassasalari vakillarining ishtiroki kutilyapti.

Ushbu tadbir tomonlarga ikki platforma doirasidagi strategik hamkorlikni atroflicha tahlil qilish imkonini beradi. Muhokamalar chog‘ida Ostona va Tyanszinda o‘tkazilgan sammitlar natijasi, mazkur anjumanlarning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik va barqaror rivojlanish jarayoniga ta’siri o‘rganiladi.

Muloqot doirasida ishtirokchilar siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbolini ko‘rib chiqadilar. Munozaralar mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, ekspert guruhlarini rivojlantirish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda barqaror o‘sish mexanizmini takomillashtirish kabi muhim masalalarni qamrab oladi.

Tadbir yakunida MOXI va SHXTI o‘rtasidagi hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirishni nazarda tutuvchi Memorandum imzolanishi rejalashtirilgan.

G‘.Xonnazarov, O‘zA