French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Xitoy: fotoelektrik modullar yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni tatbiq etish rejalashtirilmoqda
18:16 / 2025-09-17

O‘zbekistonda sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda yetakchi mamlakatlar bilan samarali hamkorlik aloqalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xususan, Xitoy kompaniyalari bilan yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik kabi tashabbuslar mahalliy ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi quvvatlarni ishga tushirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish imkonini berayotir. 

Ayni kunlarda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi delegatsiya xizmat safari bilan Xitoyda bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida delegatsiya Xitoyning nufuzli kompaniyalari vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvida aynan shunday hamkorlik istiqbollari tahlil etildi. 

Uchrashuvda uyushma boshqaruv raisi Mirziyod Yunusov, “XIAMEN C&D” kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Chenji Jou va “Jiangsu Zhongli Group” kompaniyasi prezidenti Jianyu San tomonlar o‘rtasidagi tashabbuslar ushbu soha ravnaqida muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. 

Muzokaralar davomida O‘zbekistonda kabel mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mis xomashyosini qayta ishlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar tayyorlash masalalari muhokamasiga keng urg‘u berildi. 

Shuningdek, fotoelektrik modullar va energiya saqlash tizimlari yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. 

Uchrashuvda “XIAMEN C&D” kompaniyasining ta’minot zanjiri va logistika sohasidagi tajribasini O‘zbekiston orqali jahon bozorlariga chiqishda qo‘llash masalasi ham alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish va xalqaro savdo aloqalarini yanada kengaytirish uchun muhim qadam sifatida qayd etildi. 

Muloqot yakunida tomonlar strategik yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va amaliy qadamlar belgilab olishga kelishib oldi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA