English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Xitoy: fotoelektr stansiyasi qurish loyihasi muhokama qilindi
13:05 / 2023-09-22

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov “Energy China Bukhara Solar Pover” xorijiy korxonasi bosh direktori Jianjiang FENG, bosh direktor o‘rinbosari Senlin HUANG va boshqa mutasaddilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Xitoy Xalq Respublikasining “China Gezhouba Group Overseas Investment Co., Ltd.” kompaniyasi tomonidan qiymati 400 million AQSH dollariga teng bo‘lgan quvvati 500 MVtli quyosh fotoelektr stansiyasini qurish ishlarining amalga oshirilishi bilan bog‘liq joriy holat, qurilish ishlarini jadallashtirish masalalari keng muhokama qilindi.

Muloqotda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining yangi davrida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani, barcha darajadagi o‘zaro aloqalar jadal tus olgani va muhim masalalarda tomonlar bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelayotgani alohida mamnuniyat bilan tilga olindi. Bu o‘z navbatida ikki davlat rahbarlarining o‘zaro ishonch, ochiqlik va do‘stlik ruhida o‘tgan faol muloqotlarining samarasi ekanligi e’tirof etildi.

Qorovulbozorda amalga oshirilayotgan loyiha doirasidagi ishlarning borishi hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar kelgusidagi hamkorlik formati bo‘yicha kelishib olishdi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga navbatdagi davlat tashrifi davomida O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma loyihalarini ishga tushirish marosimi o‘tkazilib, jumladan, videokonferensiya aloqasi orqali Qorovulbozor tumanida elektr stansiyalari ishlab chiqarish bozorida jahonda yetakchilaridan biri bo‘lgan Xitoy Xalq Respublikasining “China Gezhouba Group Overseas Investment Co., Ltd.” kompaniyasi tomonidan qiymati 400 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan quvvati 500 MVtli quyosh fotoelektr stansiyasini qurish ishlariga rasman start berilgan edi. Ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida Qorovulbozor hududidan 996 gektar yer maydonlari tanlab olingan. Birinchi bosqichda joriy yil yakunigacha dastlabki 200 MVtli stansiya qurib, ishga tushiriladi. Ikkinchi bosqich esa 2024 yilning 2-yarmiga qadar yakunlanishi va 300 MVtli stansi ishga tushirili rejalashtirilgan. Demakki, loyiha kelgusi yilning sentyabrida to‘liq quvvatda ish boshlaydi va yiliga 1,3 milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqaradi. Bu Buxoro xalqi ehtiyojining 30 foizini qoplaydi deganidir. Loyihaning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, qurilish ishlari jarayonida birinchi bosqichda 500-700 nafar, ikkinchi bosqichda 1200-1500 nafar mahalliy aholining bandligi ta’minlanadi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.