Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Xitoy: eng yirik biznes forum (+video)
20:44 / 2025-09-01

Investitsiyaviy hamkorlik tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. 2017-2024 yillarda O‘zbekistonga jalb qilingan Xitoy investitsiyalari umumiy hajmi 24,6 milliard dollarni tashkil etdi. Shundan rekord darajadagi 10,4 milliard dollari 2024 yilga to‘g‘ri keldi (+242%). Joriy yil boshidan buyon 5,7 milliard dollardan ortiq investitsiya (+6%) kiritildi. Yil yakuniga qadar esa 15 milliard dollardan ziyod investitsiya (+45%) o‘zlashtirilishi rejalashtirilmoqda. Faqat 2024 yilning o‘zida 1,9 milliard dollarlik 64 ta loyiha ishga tushirilgan.

Shuningdek, 2025 yil 1-2 iyun kunlari Samarqand shahrida Ikkinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi. Unda 800 dan ortiq Xitoy kompaniyalari qatnashdi. Forum yakunlari bo‘yicha 10 milliard dollarlik investitsiya shartnomalari va savdo kontraktlari imzolandi.

Bugungi kunda 30 dan ortiq yirik tashabbus, ya’ni 10 milliard dollardan ziyod loyihalar aynan Xitoy mamlakatining ishtirokida tatbiq etilyapti.  

Xitoy qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida dunyoda yetakchi o‘rinni egallab, bu yo‘nalishdagi umumiy ishlarning 80 foizini ta’minlab kelmoqda. Shu bois, mazkur davlat O‘zbekiston uchun strategik hamkor hisoblanadi.  

Energetika tizimidagi yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha biz Xitoyning yetakchi loyiha institutlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yganmiz. Hozirgi kunda sohani strategik rivojlantirishga qaratilgan qator tashabbuslar ham amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bunda Xitoyning katta tajribasi mamlakatimiz energetika sohasi rivojida muhim o‘rin tutadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XrBdIt3LHsM" title="O‘zbekiston-Xitoy: eng yirik biznes forum" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nasiba Ziyodullayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA