Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Xitoy: 2026 yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi
21:08 / 2025-12-29

Bugun O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Qosimov va Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokara davomida 2025 yilda O‘zbekiston – Xitoy hamkorligining yakunlari sarhisob qilindi, shuningdek, 2026 yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar va hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.  

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalar barqaror rivojlanib borayotgani qayd etildi. Muloqot chog‘ida Xitoy tomoni O‘zbekiston xitoylik investorlar uchun qulay investitsiya muhiti mavjud mamlakat sifatida baholanayotganini qayd etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Xitoy uchinchi mintaqaviy forumini o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Forum ishida ikki mamlakat hududlari, vazirlik va idoralar hamda biznes doiralaridan iborat ming nafardan ziyod vakil ishtirok etishi, shuningdek, yirik investitsiya portfeli shakllantirilishi rejalashtirilmoqda.

Suhbat yakunida yirik xitoy kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida maxsus platforma yaratish va uning muntazam faoliyatini ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA