Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston xalqaro reytinglarda: ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning samaradorligi, muammolar va yechimlar
11:52 / 2021-06-18

O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya shunday nomlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Innovatsion rivojlanish vazirliklari vakillari hamda bir qator tashkilotlar, respublikadagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilar va talabalar ishtirokidagi tadbirda bugungi kunda O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning samaradorligi, muammolar va ularning yechimlari haqida so‘z bordi.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning xalqaro mezon va standartlarga muvofiqligi hamda xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasi, xalqaro reytinglar metodologiyasini qo‘llash masalasi, boshqaruv sifati va siyosatning samaradorligini oshirish mezonlari va indikatorlari, ta’lim tizimi modernizatsiyasi va xalqaro tajriba va boshqa bir qator sho‘balarda o‘z faoliyatini olib bordi.

Konferensiyaga 120 dan ortiq maqolalar kelib tushgan. Shulardan ishchi guruh tomonidan 95 ta maqola konferensiya to‘plamiga kiritilgan. Maqolalar tahririyat ko‘rigidan o‘tkazilib, google scholar bazasiga kiritilishi belgilandi.

Anjumanning faol ishtirokchilari sertifikat bilan taqdirlandi.

Raima Shirinova,

O‘zMU prorektori. 

O‘zA