English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikni rivojlantiradi
09:37 / 2024-01-31

Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha Milliy komissiya raisi Tanzila Norboyeva Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro moliya korporatsiyasi va Jahon banki vakillari bilan videokonferensaloqa shaklida muzokara o‘tkazdi.

Ma’lumki, o‘tgan yil may oyida Xalqaro mehnat tashkiloti va Xalqaro Moliya korporatsiyasining paxta-to‘qimachilik sanoatida munosib mehnat standartlari va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan “Better work” qo‘shma dasturini O‘zbekistonda tatbiq etish bo‘yicha memorandum imzolanib, loyihaga start berildi.  

Uchrashuvda O‘zbekistonda ushbu loyihani amalga oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.  

Xalqaro tashkilotlarning vakillari tomonidan O‘zbekistonda munosib mehnat tamoyillarini ilgari surish, ishlab chiqarish jarayoniga xalqaro standartlarni, xususan, ishlab chiqarish, texnik, mehnat va ekologik standartlarni keng tatbiq etish, ishchilarning huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani e’tirof etildi.  

Shuningdek, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiyaning tashkil etilgani, mamlakatimizda mehnat sohasidagi xalqaro standartlarni ilgari surishga munosib hissa qo‘shishi aytib o‘tildi.  

Bugungi kunga qadar uchta hududdan oltita kompaniya XMTning “Better work Uzbekistan” dasturida ro‘yxatdan o‘tgan. Loyiha talablaridan kelib chiqqan holda xalqaro standartlarni tatbiq etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, joriy yilda qo‘shimcha yana sakkizta kompaniyada bu ishlarni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar boshlab yuborilgan.  

Muhokamalar jarayonida to‘qimachilik sanoati korxonalarining ijtimoiy mas’uliyati, jumladan, ishchilar huquqlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishlab chiqarishning ekologik barqarorligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi. Sohada ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.  

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Milliy komissiya va XMT bilan hamkorlikda O‘zbekistonda munosib mehnat bo‘yicha milliy dasturni 2024-2025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha yangi “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib olindi. Unda paxta-to‘qimachilik sanoati korxonalarida “Better work” standartlarini keng tatbiq etish bo‘yicha aniq manzilli choralarni belgilash va hamkorlik masalalari o‘rin olgan.  

N.Abduraimova, O‘zA