Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
16:05 / 2022-05-23

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida «O‘zbekistonda din psixologiyasining ilmiy-nazariy va amaliy masalalari» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va uning Toshkent shahridagi filiali, L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti, Musulmonlarga psixologik xizmat ko‘rsatish assotsiatsiya Boshqirdiston bo‘limi mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov mamlakatimizda islom dinining tinchlikparvar, ma’rifatparvar g‘oyalarini targ‘ib etish masalalari doimiy e’tiborda ekanini ta’kidladi.

Anjumanda «Diniy ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushgan shaxslar bilan ishlashning ijtimoiy-psixologik asoslari», «Destruktiv diniy tasavvurlarning shaxsga psixologik ta’siri», «Ijtimoiy gerontologiyaning psixologik jihatlari» va boshqa shu kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi.

Onlayn hamda oflayn formatda tashkil etilgan anjuman 6 ta yo‘nalishlar asosida olib borildi.

Konferensiya yakunida muhokama etilgan masalalar bo‘yicha umumiy xulosalar qilindi.



N.Usmonova, O‘zA