English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Xalqaro Dasturiy muhandislik olimpiadasiga qo‘shildi
19:57 / 2025-11-18

O‘zbekiston birinchi marta o‘rta maktab o‘quvchilarini real raqamli mahsulotlar muhandisligi bilan tanishtiradigan ta’lim loyihasi – PROD Xalqaro sanoatni rivojlantirish olimpiadasida ishtirok etmoqda. Shu munosabat bilan 8-11-sinflardagi ingliz tilida so‘zlasha oladigan o‘quvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi.

PROD o‘g‘il-qizlarni yirik IT kompaniyalaridagi ishlab chiqish guruhlari duch keladigan qiyinchiliklar bilan tanishtiradigan ilk olimpiadadir. Bunda ishtirokchilar haqiqiy texnik holatni o‘rganishi, raqamli yechim yaratishi, dasturiy ta’minot muhandisligi samaradorlikni oshirish va murakkab jarayonlarni boshqarishda biznesga qanday yordam bera olishidan xabardor bo‘lishi mumkin.

O‘quvchilarimiz uchun yaratilayotgan yangi imkoniyat – O‘zbekistondagi o‘rta maktab o‘quvchilarining PROD doirasidagi ishtiroki zamonaviy raqamli mahsulot asosini tashkil etuvchi muhandislik amaliyotiga erta kirish imkonini beradi. Shuningdek, mazkur olimpiada IT va dasturlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmani rivojlantirish, jamoaviy loyihalarda o‘zini sinab ko‘rish, turli mamlakatlardan kelgan talabalar bilan muloqot qilish, mutaxassislarga global talab tez sur’at bilan o‘sib borayotgan sanoat bilan tanishishda yordam beradi.

Dasturning aksar bosqichlari onlayn tarzda amalga oshiriladi. Demak, yoshlar yashash joyidan qat’i nazar, loyihada qatnasha oladi. Yakuniy bosqich Moskva shahrida tashkil qilinadi. Tashkilotchilar finalchilarni turar joy va ovqat bilan ta’minlaydi.

Yetakchi ta’lim va texnologiya muassasalari tomonidan uyushtirilayotgan PROD olimpiadaсида qatnashish uchun 2 dekabrgacha ro‘yxatdan o‘tsa bo‘ladi. Ishtirokchidan chuqur dasturlash bilimi talab qilinmaydi – mantiqiy fikrlash va kompyuter fanlari bo‘yicha asosiy tayyorgarlik yetarli.

M.Pirmatova, O‘zA