Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo – Buxoro davlat pedagogika institutining faxriy professori
18:53 / 2024-05-13

Buxoro davlat pedagogika institutida O‘zbekiston xalq shoiri, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni hamda “Shuhrat” medali sohibi, “Jadid” gazetasining bosh muharriri Iqbol Mirzo bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda institut professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda mehmonlar ishtirok etdi.

Tadbirda shoir va talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘ldi. Mehmon o‘z qalamiga mansub kitoblarni yoshlarga sovg‘a qildi. Samimiy suhbat asosida o‘tkazilgan davra suhbatida ijodkor “Bonu” romani va she’rlari yuzasidan savollarga javob berdi. 

–Asar dunyo yuzini ko‘rgan paytdan meni o‘ziga jalb qilgan, badiiy adabiyotning qudrati ham shunda, –deydi institutning O‘zbek va rus tillari kafedrasi dotsenti Gulandom Mirxanova. –Asar qahramonlari bilan yashaysan, ularning dard-g‘amlari va quvonchlariga sherik bo‘lasan.

O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo bugun institutimizning aziz mehmoni bo‘ldi. O‘ylaymanki, tadbirda ishtirok etayotgan mehmonlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar ijodkorning asarlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi. Talabalar tomonidan shoirning eng sara ijod namunalaridan yod olingani, qolaversa, “Bonu” romanidan namoyish qilingan parcha mehmonlarda ajoyib taassurot qoldirdi.

[gallery-17389]

–Bugun institutimizda katta tantana, –deydi O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs talabasi Farangiz Murodova. –Chunki O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo biz yoshlar bilan uchrashish maqsadida institutimizga tashrif buyurdi. Shoir va yozuvchilarning ijodlari bilan tanishib borish jarayonida shu ijodkorlar bilan uchrashish istagi doim meni qiziqtirardi va men bugun katta orzularimdan biriga erishdim, ijodkorga meni qiynaydigan bahstalab bo‘lgan savollarimni berdim. Bunday uchrashuvlar biz yoshlarning ma’naviy yuksalishimizda, albatta, yordam beradi.

Buxoro davlat pedagogika instituti Ilmiy kengashining qarori bilan O‘zbekiston xalq shoiri Iqboljon Mirzaliyevga “Buxoro davlat pedagogika institutining faxriy professori” unvoni berildi. Faxriy professor diplomini institut rektori Bahodir Ma’murov topshirdi. 

Shoir Iqbol Mirzo ko‘rsatilgan bu e’tirofdan mamnunligini bildirib, institut talaba-yoshlari bilan doimiy uchrashuvlar o‘tkazilishini bildirdi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari