Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston xalq rassomlari Ozarbayjonda
10:27 / 2023-09-19

Ozarbayjonning 2023 yilda turkiy dunyo madaniyat poytaxti deb e’lon qilingan Shusha shahrida xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOYga a’zo davlatlar rassomlarining 23-ijodiy laboratoriyasi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yilda TURKSOY tashkil topganining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu ijodiy tadbirda O‘zbekiston xalq rassomlari, Badiiy akademiya akademiklari – Fayzulla Ahmadaliyev va Sobir Rahmetov ishtirok etayapti. Mazkur loyiha TURKSOY davlatlari tasviriy san’atiga oid ijodiy jarayonlar bilan kengroq tanishish, musavvirlar, san’atshunoslarning o‘zaro fikr va tajriba almashishi uchun keng imkoniyatlar yaratishi bilan ahamiyatlidir.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi axborot xizmatiga ko‘ra, TURKSOY davlatlari rassomlarining 23-ijodiy laboratoriyasi tadbiri shu yilning 20 sentyabriga qadar davom etadi.

N.Usmonova, O‘zA