French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston xalq artisti, professor Abdurashid Ergashev 80 yoshga to‘ldi
16:33 / 2021-06-16

Samarqand davlat universitetida san’atshunoslik fakulteti musiqa ta’limi kafedrasi professori Abdurashid Ergashevning ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi.

Abdurashid Ergashevga Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning tabrigini viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Botirjon Nurullayev o‘qib eshittirdi.

Samarqand davlat universiteti rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi, professor Rustam Xolmurodov taniqli olimning ko‘p yillik mehnatini alohida ta’kidlab, esdalik sovg‘alari topshirdi.  

Shuningdek, tadbirda san’atshunoslik fakulteti jamoasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.  

 

Otabek Sa’dullayev,  

SamDU Axborot xizmati xodimi