Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston voleybol federatsiyasiga yangi rais saylandi
10:53 / 2025-04-10

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida O‘zbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Hisobot-saylov konferensiyasida Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi, Yoshlar agentligi, Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tashkilot va boshqarmalarning boshliqlari, voleybol bo‘yicha murabbiylar, mutaxassislar, sportchilar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida mamlakatimizda olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish, aholi o‘rtasida ommaviy sportni, xususan voleybolni keng targ‘ib etish, iqtidorli sportchilarni saralash tizimiga oid amalga oshirilayotgan ishlar, qilinishi zarur bo‘lgan vazifalar tahlil etildi.

Konferensiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Mutaxassis va murabbiylarning taklifi va delegatlarning ovoz berishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov mamlakat voleybol federatsiyasining raisi etib saylandi.

Tadbir yakunida joriy yildan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport o‘yinlari tizimida voleybol bo‘yicha o‘tadigan “Ichki ishlar vazirligi kubogi” o‘yinlariga start berildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA