Toshkentda O‘zbekiston – Vengriya biznes forumi hamda ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi aloqani kengaytirishga qaratilgan B2B uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Forumda qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, mashinasozlik, logistika, qurilish, investitsiya, energetika sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniya va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, moliya-bank va xavfsizlik sohalari, hamda tog‘-kon texnikasi, umumiy ishlab chiqarish korxonalari vakillari ham qatnashdi.


Ishtirokchilar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy sheriklikni yanada mustahkamlash, o‘zaro investitsiya loyihalarini yo‘lga qo‘yish va texnologik kooperatsiyani rivojlantirish imkoniyatlarini ham muhokama qildilar. Tadbir ikki mamlakat biznes vakillari uchun yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, savdo aylanmasini oshirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
M.Pirmatova, O‘zA