Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston vakillari jurnalistlar xalqaro media forumida ishtirok etadi
22:00 / 2025-07-13

Joriy yilning 14–20 iyul kunlari Xitoy xalq respublikasida xalqaro media forum bo‘lib o‘tadi.

"Matbuotning kuchi: sivilizatsiyalararo muloqot va global modernizatsiyaga jurnalistlarning ta’siri" mavzusida bo‘lib o‘tadigan forumda ellikta mamlakatdan 100 nafar media vakili va soha tashkilotlari mas’ullari ishtirok etishi kutilmoqda.

Dastur doirasida "Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi dialog", "Jurnalistikada sun’iy intellekt" kabi dolzarb yo‘nalishlarda davra suhbatlari tashkil etiladi. Davlatlar media vakillari o‘zaro hamkorlik o‘rnatadi, tajriba almashadi.

Shuningdek, forum qatnashchilari ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi sohalarda yuz berayotgan so‘nggi yangiliklar bilan tanishtiriladi.

Xalqaro forumda O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Xolmurod Salimov hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) Siyosat va yangiliklar tahririyati bosh muharriri Asliddin Suyunov ishtirok etadi.

O‘zA