Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va YUNESKO munosabatlariga bag‘ishlangan to‘plam chop etildi
16:14 / 2022-06-29

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan “O‘zbekiston va YUNESKO: Madaniy aloqalarning shakllanish tarixi va rivojlanish istiqbollari” nomli ilmiy to‘plam nashrdan chiqdi.

Ma’lumki, BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan tashkiloti YUNESKO dunyoda tinchlikni o‘rnatish, qashshoqlikni yo‘q qilish, barqaror rivojlanishni ta’minlash, ta’lim orqali madaniyatlararo muloqot tuzish, fan sohalarini rivojlantirish, xalqaro madaniy va ma’lumot almashinuviga yordamlashish kabi sohalarda faoliyat yuritadi.  

Bu yil mamlakatimiz xalqaro maydonda yuksak obro‘ga va nufuzga ega bo‘lgan mazkur tashkilotga a’zo bo‘lganiga 29 yil to‘ladi. Ta’kidlash joizki, o‘tgan davr mobaynida, ayniqsa so‘ngi besh yilda O‘zbekiston bilan YUNESKO o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa, madaniyat sohasida jadal rivojlandi. Xususan, yurtimizning boy madaniy merosini asrab-avaylashda ushbu tashkilot bilan yaqin hamkorlik o‘rnatilgani diqqatga sazovordir.    

–Ushbu ilmiy maqolalar to‘plami Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy tadqiqot markazi tomonidan tashkil qilingan “O‘zbekiston va YUNESKO: madaniy aloqalarning shakllanish tarixi va rivojlanish istiqbollari” nomli ilmiy-amaliy konferensiya materiallari asosida tuzilgan, – dedi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazi direktori Nodir Karimov. – Mazkur majmua mamlakatimizning taniqli olimlari tomonidan yozilgan O‘zbekiston va YUNESKO munosabatlari va madaniy diplomatiyasi, tashkiliy-huquqiy jihatlari haqida ma’lumot beradi. Shuningdek,  madaniy meros ob’ektlarini YUNESKO ro‘yxatiga kiritish, saqlash ularni olib chiqib ketilishi va olib kirilishi masalalari hamda xalqaro hamjamiyat va keyingi avlodga yetkazish, gender tengligini ta’minlashda YUNESKOning roli kabi chuqur ahamiyatga ega masalalarga bag‘ishlangan ilmiy maqolalardan tashkil topgan.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA