Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va YeXHT: iqtisodiy va ekologik sohada foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjud
10:16 / 2022-11-10

Oliy Majlis Senatiga Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH va Fransiyaning YeXHTdagi diplomatik missiyalari rahbarlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Senat raisi Tanzila Norboyeva mamlakatimizda inson huquqlari, gender tenglik hamda OAV erkinligini ta’minlash sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar va demokratik jarayonlar haqida ma’lumot berdi. O‘zbekistonning YeXHT bilan hamkorligi, tashkilot loyihalarini yurtimizda amalga oshirish borasida qilinayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.  

Oliy Majlisning YeXHT Parlament assambleyasi bilan o‘zaro hamkorligi sezilarli darajada faollashdi. Munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.  

YeXHT bilan iqtisodiy va ekologik sohadagi hamkorlik yo‘nalishida foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjud ekani, bu borada yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish lozimligi qayd etildi.  

Uchrashuv davomida mehmonlarga ayni paytda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning borishi, unda «Jamiyat — islohotlar tashabbuskori» g‘oyasi asosida keng jamoatchilikning fikri va takliflari inobatga olinayotgani haqida so‘z yuritildi.  

Kelasi yilda tarixda ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladigan YeXHT Parlament assambleyasi kuzgi sessiyasini unumli o‘tkazish yuzasidan ham fikr almashildi.  

Uchrashuv yakunida istiqboldagi rejalar va loyihalarni hayotga tatbiq etishda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.  

O‘zA