French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Yaponiyaning yetakchi tahlil markazlari o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi
22:46 / 2024-07-10

Tsukuba universitetida «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti doirasida bilim va innovatsiyalarni birgalikda ilgari surish” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Yaponiya va O‘zbekistonning ekspert-tahlil va ilmiy-akademik institutlari rahbariyati va vakillari qatnashdi.

Jumladan, Yaponiya tomonidan Tsukuba universiteti, Nippon fondi hamda Gumanitar va ijtimoiy fanlar instituti rahbarlari va ekspertlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston tomonidan esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida ishtirokchilar ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.  

Ikki mamlakat ilmiy va ilmiy hamjamiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan SMTI direktori o‘rinbosari B.Mustafoyev O‘zbekiston-Yaponiya ekspertlar kengashini tashkil etish va tomonlarni qiziqtirgan ustuvor masalalar bo‘yicha hamkorlikda tadqiqotlar olib borish muhimligini ta’kidladi.

Ma’lumot o‘rnida: Tsukuba universiteti Yaponiyaning yetakchi milliy universitetlaridan biri bo‘lib, 1973 yilda tashkil etilgan. Universitet fundamental fanlar, texnologiya, muhandislik, matematika, tibbiyot va tegishli fanlararo sohalarda tadqiqotlar olib boradi.

O‘zA