French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Yaponiya: kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik rivojlanmoqda
14:02 / 2026-02-11

Hamkorlik doirasida yoshlarning malakasini oshirish, ularni yapon tili va kasb-hunar bo‘yicha tayyorlash va xalqaro mehnat bozorida munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlashga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bunday tashabbuslar nafaqat O‘zbekiston yoshlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi, balki mamlakatimiz va Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlaydi.

Mamlakatimizdagi Yaponiya elchixonasi tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini til va kasbga o‘qitish, shuningdek, ularni xorijda yuqori daromadli va munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yaqinda Yaponiyaning “Joho Venture Cooperative” va “Orange” kompaniyalari rahbarlarining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan uchrashuvlarda shu haqda so‘z bordi. 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rahbariyati ishtirok etgan tadbirlarda hamkorlik istiqbollari tahlil etildi.

Muzokaralar yakunida “Orange” kompaniyasi va Qoraqalpoq davlat universiteti o‘rtasida yapon tili va kasb-hunarga o‘qitish markazini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi. Mazkur markazda ta’lim jarayoni bepul asosda tashkil etilib, o‘qitishga Yaponiyadan malakasi yuqori mutaxassis-o‘qituvchilar jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu tashabbuslarni amalga oshirish doirasida “Orange Karakalpakstan” kompaniyasi rasman davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Kompaniya yapon tili va kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda kadrlar tayyorlash jarayonlarini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.

Ayni kunlarda shunday markazni Jizzax viloyatida tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

N.Ziyodullayeva, O‘zA