Shu kunlarda "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi rahbariyati amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘lib turibdi.
Bugun delegatsiya “Xiamen ITG Group” kompaniyasi bosh boshqaruvchisi Gao Shaoyang bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda tomonlar o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Xususan, ushbu kompaniya tomonidan O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan ham so‘z yuritildi.
Uyushma axborot xizmatiga ko‘ra, “Xiamen ITG Group” ulgurji savdo, logistika, investitsiyalar, moliyaviy xizmatlar va ko‘chmas mulk sohalari bo‘yicha katta tajribaga ega kompaniyadir. U 1980 yilda tashkil etilgan va shtab-kvartirasi Xiamen shahrida joylashgan.
“Xiamen ITG Group” kompaniyasi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamkorlikda Tadqiqotlar markazini tashkil etadi. Muzokoralar chog‘ida bu borada dastlabki fikrlar almashildi. Unga ko‘ra, mazkur Xitoy kompaniyasidan yuqori tajribali mutaxassislar jalb qilish, guruh a’zolari faoliyati va yo‘nalishiga asosan uyushma xodimlarini biriktirish taklifi bildirildi.
Ayni paytda "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi delegatsiyasi tashrifi davom etmoqda.
N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA