Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Xitoy tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari uchrashdi
13:18 / 2024-01-21

O‘zbekiston TIV xabar berishicha, Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sun Veydun bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 23-25 yanvar kunlari Xitoyga amalga oshiradigan davlat tashrifiga tayyorgarlik jarayonini ko‘rib chiqdilar.