Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro savdo-sotiq hajmi 8,9 milliard dollarga yetgan
12:54 / 2023-04-03

2017-2022 yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo aloqalari bo‘yicha sezilarli darajada o‘zgarishlar kuzatildi. Ayniqsa, bu yillar davomida O‘zbekistonning Xitoyga eksportida ham, Xitoydan importda ham o‘sish kuzatildi.

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tahliliga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro savdo-sotiq hajmi 2017 yilda 4,8 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilga kelib 8,9 milliard AQSH dollariga yetgan. O‘z navbatida eksport hajmi 23,4 foizga, import hajmi esa 134,7 foizga o‘sgan.  

2022 yilda O‘zbekiston Xitoyga asosan mineral yoqilg‘i, xizmatlar, sanoat mahsulotlari, kimyo mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilgan va Xitoydan asosan mashinalar va asbob-uskunalar, sanoat mahsulotlari, kimyo mahsulotlari, turli tayyor mahsulotlar va xizmatlar xarid qilgan.  

Mahalliy eksportchilar qimmatbaho metallar, organik kimyoviy birikmalar, shuningdek, meva va yong‘oqlarni Xitoy bozorida sotish bo‘yicha katta imkoniyatga ega.  

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonning ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish uchun imkoniyati katta. Xitoyda ham bu mahsulotlarga talab barqaror o‘sganini kuzatish mumkin. Shunga asosan, 2021 yilda qimmatbaho metallar importining umumiy hajmi 77,4 milliard dollarni, organik kimyoviy birikmalar importining umumiy hajmi 60,2 milliard dollarni, mevalar va yong‘oqlar importining umumiy hajmi 16 milliard dollarni tashkil etgan.  

O‘zA