Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi
11:39 / 2024-05-08

Bugun, 8-may kuni Pekin shahrida O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Xitoy Fuqarolik ishlari vazirligi delegatsiyalari o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda agentlik direktori Mansurbek Olloyorov yolg‘iz keksalar uchun mobil xizmatlarini tashkil etish, mahalla darajasida xizmatlarni rivojlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlikni boshlashni taklif qildi.

Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanib borayotganini alohida ta’kidlab, bolalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish sohasida o‘zaro tajriba almashishdan manfaatdorligini bildirdi.

Yakunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.  

Shuningdek, Xitoy tomoni 2025-yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan «Ijtimoiy himoya: Barqaror rivojlanish va tenglik sari yo‘l» mavzusidagi Butunjahon konferensiyasida ishtirok etishga taklif etildi.

 

O‘zA