Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida gilamchilik bo‘yicha yirik loyiha amalga oshiriladi
16:11 / 2022-11-17

«O‘zbekipaksanoat» uyushmasida Xitoy davlatining gilamchilik sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biri, Xenan provinsiyasida joylashgan "HUASI" kompaniyasi rahbari Zhu Qingguo bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 Uchrashuvda O‘zbekistonda Xitoy davlati bilan gilamchilik sohasida hamkorlikda yangi korxona tashkil etish borasidagi masalalar muhokama qilindi.  

Ipakchilik va Jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi B.Sharipov xitoylik mehmonlarga davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda investorlar uchun yaratib berilgan imkoniyatlar, shuningdek, «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi va «Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish» uyushmasi tizimidagi korxonalarga berilgan imtiyozlar xususida ma’lumot berdi.  

Uchrashuv davomida janob Zhu Ipakchilik va Jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tarkibidagi uyushmalar tizimidagi korxonalarga borib, ish jarayonlarini o‘rganishga, gilamchilik sohasi bo‘yicha hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.  

  

Gulnoza Boboyeva,O‘zA