Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Xitoy geologiya sohasi bo‘yicha ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
20:51 / 2025-04-21

Bugun Geologiya fanlari universiteti huzuridagi “Mineral resurslar instituti” davlat muassasasida Xitoy Geologik xizmati Sian markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, xususan, geologiya sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ilmiy tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish va axborot platformalarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvda O‘zbekistondagi mineral xomashyo bazasini yanada boyitish, geologik qidiruv ishlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish hamda sohaga xorijiy tajriba va innovatsiyalarni tatbiq etish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, Xitoy Geologik xizmati Sian markazi mamlakatdagi eng nufuzli ilmiy markazlardan biri hisoblanadi. Markaz geologiya, mineralogiya, gidrogeologiya va seysmologiya tizimlari bo‘yicha keng ko‘lamli tadqiqotlar olib boradi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik loyihalarida faol ishtirok etib, mineral resurslarni aniqlash va qayta ishlash borasida keng qamrovli ilmiy-amaliy yechimlar taklif qiladi.

Tomonlar respublika hududida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, kadrlar malakasini oshirish, o‘quv-ilmiy dasturlar ishlab chiqish, hamda ekspertlar o‘rtasida doimiy muloqotni ta’minlash yuzasidan kelishuvga erishdi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar geologiya sohasidagi ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, ilm va innovatsiya uyg‘unligida samarali natijalarga erishish muhimligini qayd etdi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA