Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri Bobir Islomov hamda “Henan Investment Group Co., Ltd.” kompaniyasi bosh direktori Chju Hongbing boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda tomonlar O‘zbekistondagi tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi investitsiyaviy imkoniyatlar xususida fikr almashdi.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi sanoat va investitsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi. Xususan, “Henan Investment Group Co., Ltd.” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, shu jumladan, geologiya-qidiruv ishlari va metallurgiya yo‘nalishidagi istiqbollar atroflicha muhokama qilindi.
Vazirlik axborot xizmatining ma’lum qilishicha, “Henan Investment Group Co., Ltd.” - Xitoyning ko‘p tarmoqli investitsiya kompaniyasi bo‘lib, asosiy faoliyati tog‘-kon sanoati, metallurgiya, energetika va infratuzilma sohalariga sarmoya kiritishdan iborat. U mintaqaviy va xalqaro miqyosda hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratib, loyihalarni amalga oshirishda zamonaviy texnologiyalar va yuqori standartlardan foydalanadi.
Tomonlar bu kabi uchrashuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va sohadagi investitsiyaviy loyihalarni rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
N.Ziyodullayeva tayyorladi,
O‘zA