French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Vetnam: jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordamga oid Shartnoma ratifikatsiya qilinmoqda
11:35 / 2024-01-20

Senat yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Vetnam Sotsialistik Respublikasi o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnomani (Xanoy, 2022 yil 14 noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Qonunda jinoiy ishlar tekshirilishi va boshqa protsessual harakatlar olib borilishi munosabati bilan yuridik yordam ko‘rsatishning asoslari va shartlari nazarda tutilmoqda.

 Xususan, so‘rovlarning shakli va mazmuni, yordam ko‘rsatishni rad etish yoki kechiktirish asoslari, so‘rovlarni bajarish, himoya choralari, xavfsizlik kafolatlari, shuningdek, jinoiy ta’qibni davom ettirish uchun o‘tkazish kabi muhim masalalar bo‘yicha qoidalar belgilanmoqda.

Shartnomaning ratifikatsiya qilinishi jinoiy ishlar bo‘yicha tekshirish va sud muhokamasida ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga, shuningdek, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Senatorlar ma’qullagan qonunga ko‘ra, Shartnoma ikki davlat huquqni muhofaza qiluvchi organlarining jinoyat ishlarini tergov qilish va sudda ko‘rishda samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

N.Abduraimova, O‘zA