Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilinmoqda
10:44 / 2026-02-06

Senat yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Vengriya o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risidagi Shartnomani (Budapesht, 2025 yil 20 may) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Qonun ikki mamlakat o‘rtasida jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam sohasida aloqalarni tartibga solish, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik mexanizmlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan. 

Shartnomada ushlab berishni amalga oshirish shartlari, so‘rovlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi, ushlab berishni rad etish asoslari, shuningdek, shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga doir normalar aniq belgilangan.  

Shartnomaning ratifikatsiya qilinishi ikki davlat o‘rtasida huquqiy sohadagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi.

Senatorlar ma’qullagan qonun O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar doirasidagi majburiyatlari izchil bajarilishini ta’minlash, huquq ustuvorligi tamoyillarini yanada rivojlantirish imkonini beradi.

N.Abduraimova,

N.Haydarov (surat), O‘zA