Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi
14:10 / 2024-05-08

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashdi.

Tomonlar ko‘p qirrali strategik sheriklik kun tartibi boyib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Muloqot davomida ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik, qator sohalardagi aloqalarni yanada faollashtirish yo‘llari muhokama qilindi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo anglashuv memorandumi imzolandi, vazirliklar o‘rtasida 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi qabul qilindi.

O‘zA