Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Turkmaniston aloqalari yangi bosqichda (+video)
19:56 / 2022-07-22

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida o‘rnatilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy aloqalar hamda ikki millat o‘rtasidagi totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar xususida Turkman madaniyat markazi raisi o‘rinbosari Mametnazar Nazarov quyidagilarni bayon qildi:

- Toshkent shahrining qoq markaziga turkman millatining buyuk shoiri, faylasuf Maxtumquli Firog‘iyning nomiga haykal o‘rnatilishi bejizga emas. Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, o‘zbek turkman har doim do‘stona aloqada bo‘lib kelgan. Urf-odatlari, udumlari o‘xshab ketadi. Bu ikki millatning orasini faqatgina bir daryo ajratadi xolos. 

O‘zbekistonda asosiy ko‘chalardan biriga Maxtumquli nomi berilgan. Shuningdek, katta bir sayilgoh esa Ashxobod nomi bilan ataladi. Turkmanistonning poytaxti Ashxobod shahrida ham “Toshkent” nomi bilan sayilgoh qurilmoqda. So‘nggi yillarda ikki davlat rahbarlarining tashriflari ham odatiy hol bo‘lib qoldi. Bu uchrashuvlar davlatlarning rivojlanishida katta rol o‘ynab, imzolanayotgan shartnomalar ikki millat ravnaqi uchun xizmat qiladi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/3g8s8T-Tbfc" title="O‘zbekiston va Turkmaniston aloqalari yangi bosqichda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Oxirgi 6 yil ichida O‘zbekistonda yashaydigan millatlarga e’tibor juda kuchaydi. Har bir millat o‘zining urf-odatini va tilini saqlab qolishi uchun imkoniyatlar yaratilagan. Shular qatori O‘zbekistonda yashayotgan 200 mingdan ortiq turkman millatiga ham e’tibor kuchli. Ayni kunda O‘zbekistonda 7 ta tilda ta’lim berilayotgan bo‘lsa, ulardan biri turkman tilidir. Bu esa turkman millatiga bo‘lgan hurmat belgisi. 

Turkmanistondagi o‘zbeklar uchun ham xuddi shunday hurmat bor. Mustaqillik yillarining boshida kitoblar yetishmas edi. Hozirgi kunda esa O‘zbekistondagi mavjud 44 ta turkman maktablari kitob va darsliklar bilan to‘liq ta’minlangan. So‘nggi yillarda ikki mamlakatning iqtisodiy aloqalari yildan-yilga ikki barobarga ortmoqda. Bu ham mustahkam do‘stlikning alomati.

Sh. Otaboyev D. Yoqubov (video) O‘zA