French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Turkiya savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikni kuchaytiradi
19:27 / 2025-07-14

Anqarada O‘zbekiston elchixonasi va Turkiya Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha kengashi (DEIK) “Turkiya-O‘zbekiston” qo‘mitasi hamkorligida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda diplomatik missiyamiz vakillari va Qo‘mita raisi O‘zgur O‘nar O‘zguven boshchiligidagi DEIK a’zolaridan iborat delegatsiya ishtirok etdi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy masalaga alohida e’tibor qaratdi. Turk biznesi vakillari energetika, qishloq xo‘jaligi, qurilish va axborot texnologiyalari kabi sohalarda sheriklikni faollashtirishga alohida qiziqish bildirdi. G2B va B2B formatida amaliy uchrashuvlar o‘tkazish, shuningdek qo‘shma tadbirlarni tashkil etishga o‘zaro tayyorlik tasdiqlandi.

2025 yil birinchi yarmida Buxoro, Xorazm, Namangan, Jizzax, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrini qamrab olgan “12 oy - 12 hudud” vebinar dasturini o‘tkazish tashabbusi yuqori baholandi. Qo‘mita rahbari aniq kelishuvlar natijasida turk kompaniyalari muloqotni davom ettirish va loyihalarni amalga oshirish uchun yurtimizga tashrif buyurishini ta’kidladi.

Davlat-hususiy hamkorlik va tog‘-kon sanoatida sheriklikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Mezbonlar O‘zbekiston delegatsiyalari tashrifini an’anaga aylantirish, turk sarmoyadorlarini hududlarimizda amalga oshiriladigan istiqbolli tashabbuslarga jalb etishga ko‘maklashish istagini bildirdi.

Uchrashuv tomonlarning ikki mamlakat o‘rtasidagi ishonch va o‘zaro manfaatga asoslangan hamkorlikni yanada kengaytirishga intilishi tobora ortayotganidan dalolatdir. 

Aziza Alimova, O‘zA