Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Turkiya raqobat sohasida tajriba almashmoqda
17:36 / 2025-10-08

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Turkiya Raqobat organi hamkorligida “Raqamli platformalarni raqobat qonunchiligiga muvofiq tartibga solish” mavzusiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘rinbosari Farruh Karabayev so‘zga chiqib raqamli bozorlarni tartibga solish sohasida xalqaro tajribani o‘rganish va zamonaviy mexanizmlarni joriy etishning muhimligini ta’kidladi. Raqamli platformalar bugungi kunda nafaqat iqtisodiyotda, balki jamiyat hayotida ham muhim o‘rin tutishini qayd etib, ularni adolatli va raqobatbardosh muhitda rivojlantirish uchun ishonchli huquqiy asos zarurligini alohida e’tirof etdi.

Turkiya Raqobat organi vitse-prezidenti Janob Jengiz Cholak o‘z nutqida O‘zbekiston bilan samarali hamkorlikdan mamnunligini bildirib, raqamli bozorlarni tartibga solishda  o‘zaro tajriba almashishning dolzarbligini qayd etdi. 

Turkiya mutaxassislari raqobatga zid xatti-harakatlarni aniqlash uslublari – algoritmlar tahlili, ma’lumotlarga kirish va raqamli ustunliklarni baholash bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Ushbu tadbir davomida raqamli platformalarning raqobat qonunchiligidagi o‘rni, Turkiya tajribasini milliy tizimga tatbiq etish yo‘llari, O‘zbekistonda raqobat muhitini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

N.Rahmonova, O‘zA