Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda
11:03 / 2026-01-29

Taraqqiyotning yagona va o‘zgarmas qoidasi tinimsiz mehnat va tajribadan iborat. Barcha sohalar qatorida mamlakatimizning oliy ta’lim tizimi ham ana shunday yo‘lni bosib o‘tmoqda. Xalqaro hamkorliklar orqali muqobil tizim yaratishni ko‘zlagan soha vakillari maqsad sari olg‘a intilmoqda. Quvonarlisi shuki, tili, madaniyati bizga yaqin bo‘lgan millatlar bilan ham aloqalar do‘stona tus olmoqda.

Xususan, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Anqara shahrida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Turkiya Respublikasi Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston – Turkiya munosabatlari so‘nggi yillarda keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini, jumladan, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi.

Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan Turkiya Respublikasiga amalga oshiradigan rasmiy tashrifi ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etildi.

Albatta, ta’lim tizimi rivojini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha davlatimiz rahbari ilgari surayotgan tashabbuslar bu kabi hamkorliklarda o‘z aksini topadi.

Sherbek Islomov,

O‘zA