French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Turkiya munosabatlari barqaror rivojlanmoqda
10:00 / 2023-07-14

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilovning Turkiya Buyuk millat majlisi Tashqi aloqalar komissiyasi raisi Fuat Oktay bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Keyingi yillarda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar barqaror, do‘stona tarzda rivojlanmoqda. Qardosh davlatlar rahbarlarining yaqin munosabatlari, barcha sohadagi o‘zaro ishonchi parlamentlararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirish hamda kengaytirishda muhim omil bo‘lmoqda.  

F.Oktay mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovining xalqaro saylov standartlariga muvofiq o‘tganini alohida qayd etib, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni yuqori baholadi.  

Konstruktiv va o‘zaro ishonch ruhida kechgan uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarning kengayishi, uni yangi mazmun bilan boyitish, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.  

Uchrashuvda “O‘zbekiston-Turkiya” parlamentlararo do‘stlik guruhi faoliyati va uning doirasida amalga oshirilayotgan qator ijobiy ishlar e’tirof etilib, uning faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.  

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda tomonlar o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish va amaliy hamkorlikni har tomonlama davom ettirishga kelishib oldilar.  

M.Komilova,  

O‘zA