Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Turkiya madaniy hamkorligi rivojlanmoqda
10:23 / 2025-10-23

O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov Istanbul shahriga safari doirasida Turkiyadagi O‘zbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik jamiyati raisi Cho‘qay Ko‘char hamda shaharhokimligi Xalqaro aloqalar departamenti rahbari Barbaros Buyuk Sagnak bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida ikki qardosh yurt madaniy hamkorligini yanada rivojlantirish, birodarlashgan shaharlarimiz salohiyatidan samarali foydalanish, madaniy almashinuv dasturlarini kengaytirish hamda xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Q.Sobirov mezbonlarga SHHT Xalq diplomatiyasi markazi, xususan amalga oshirilayotgan xalqaro madaniy vama’rifiy loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘z navbatida Barbaros Buyuk Sagnak Markaz faoliyatini yuqori baholab, kelgusida mavjud o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslar amalga oshirishga tayyorligini ta’kidladi.

Muhokama so‘ngida Turkiyadagi turdosh mutasaddi tashkilotlar bilan nafaqat madaniy, balki ilmiy sohada hamsheriklik ko‘lamini kengaytirish, jumladan turkiy davlatlar maqollaridan iborat kitob chop etish, yosh olimlar ilmiy izlanishlarini to‘plam sifatida nashr etish, shuningdek aqlmarkazlari (think tank) o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish kabi faol tashabbuslar ilgari surildi.

Tadbir do‘stona va samimiy ruhda o‘tdi. Tomonlar kelgusi hamkorlikka oid dolzarb yo‘nalishlarni belgilab olib, amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga kelishdilar.

Uchrashuvda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori Eldor Shermanov ham ishtirok etdi.

G‘.Xonnazarov, O‘zA

O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.